Foydali / 30-Iyul, 14:59 12

O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonda yaqin oylarda ishga tushirilishi mumkin


O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay to‘lov xizmatlarini ishga tushirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Bu haqda Markaziy bank rasmiysi Jamshid Usmonov ma’lum qildi.


Uning so‘zlariga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilgach, Apple va Google kompaniyalari bilan muzokaralar hamda xizmatlarni texnik jihatdan integratsiya qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.


Ta’kidlanishicha, loyiha faqat xalqaro to‘lov tizimlari kartalarini qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanmaydi. Apple Pay va Google Pay xizmatlariga mahalliy Humo hamda Uzcard to‘lov tizimlari kartalarini ulash imkoniyatini yaratish ustida ham ish olib borilmoqda.


Mazkur xizmatlarning ishga tushirilishi foydalanuvchilarga smartfon va boshqa qurilmalar orqali xavfsiz, qulay hamda tezkor kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

 Bu esa mamlakatda raqamli to‘lov infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar
#Foydali
Baholash