Jamiyat / 29-Iyul, 14:58 21

Andijonda soliq tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Xonobod shahar soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi


Andijon viloyati Xonobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Botirova Shahnozaxon Ulug‘bek qizi tayinlandi.


Mazkur tayinlov soliq tizimida samaradorlikni oshirish, tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq va shaffof hamkorlikni rivojlantirish hamda soliq ma'murchiligini yanada takomillashtirishga qaratilgan islohotlar doirasida amalga oshirildi.


Yangi rahbar zimmasiga soliq tushumlarini barqaror ta'minlash, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.


Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda soliq organlari faoliyatini modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini oshirish va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Teglar
#Jamiyat
Baholash