Jahon / 03-Oktabr, 12:46 57

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat aniqlangani haqida xabarlar tarqalmoqda.

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, mazkur vaziyat Rossiya Federatsiyasining vakolatli idoralari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy manbalari orqali muntazam kuzatib borilmoqda.

Ayni paytda kasallik tashxisining laboratoriya tekshiruvlari orqali tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagani, ehtimoliy yuqish manbai va yo‘llari, bemorning harakatlanish yo‘nalishi hamda u bilan aloqada bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar o‘rganilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mamlakat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tegishli xizmatlarning tayyorgarligi kuchaytirilgan.

Sanepid qo‘mitasi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikka hamda vaziyat haqidagi ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishga chaqirdi.

Epidemiologik vaziyatda o‘zgarish kuzatilgan taqdirda jamoatchilikka belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Teglar
#Jahon
Baholash