Isroil harbiy-havo kuchlari tun davomida Janubiy Livan hududlariga bir qator havo zarbalarini amalga oshirdi. Livan davlat OAVlari hududda portlashlar va artilleriya o‘qlari qayd etilganini xabar qilgan.
Isroil tomoni zarbalar «Hizbulloh» infratuzilmasi, qurol-yarog‘ omborlari va raketa tizimlariga qarshi qaratilganini bildirgan.
So‘nggi kunlarda Janubiy Livanda Isroil hujumlari kuchaygani xabar qilinmoqda.
Manbalar: Anadolu Ajansı, Al Jazeera