Jahon / 12-Oktabr, 08:29 36

O‘zbekiston va Fransiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Tanzaniyaning Arusha shahrida Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Fransiya Senati Raisi o‘rinbosari Ksavye Iakovelli hamda Milliy assambleya deputati Veronik Riotton bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikni muntazam va amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida parlamentlararo hamkorlik guruhlari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi. Fransiya tomoni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiy xizmatlar sifati va ommabopligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan tanishish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda sohaviy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, Fransiya parlamenti a’zolari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etdi. Ular O‘zbekistonda parlamentlararo muloqot uchun yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilgan mehmondo‘stlikni alohida qayd etdilar.

Teglar
#Jahon
Baholash