Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan “Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlov finalida Rossiya, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 12 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Ishtirokchilar o‘zlarining ijodiy salohiyati, til bilimi, milliy an’analar va madaniyatga oid bilim hamda mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Amina Mahmudova bosh sovrin — ZEEKR avtomobili sohibasiga aylandi.