Jamiyat / 26-Oktabr, 18:20 28

Farg‘onada uchta bog‘chada 51 nafar bola kasallandi

Ma’lum qilinishicha, 2-, 7- va 47-sonli bog‘chalar tarbiyalanuvchilarida isitma, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi alomatlar kuzatilgan.

26-oktabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, 28 nafar bola yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli barqaror, og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q. Qolgan 23 nafar bolaga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

Hozirda bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari tekshirilmoqda.

Teglar
#Jamiyat
Baholash