Iqtisodiyot / 24-Sentabr, 16:47 56

Ohangaron shahrida bunyodkorlik va ijtimoiy loyihalar o‘rganildi

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Kadirxanova Ohangaron shahrida aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi.

Xususan, shaharda yangidan bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan zamonaviy Madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi. Markazda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy-ma’rifiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Tashrif davomida “Qurama” folklor ansamblining badiiy chiqishlari hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, shahar hokimligi binosida o‘z faoliyatini boshlash arafasida turgan Situatsion markaz faoliyati bilan tanishildi. Senatorga markazning imkoniyatlari, shaharda kechayotgan jarayonlarni raqamli monitoring qilish, muammo va murojaatlarni tezkor aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan yangi tizim haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, hokimlik xodimlari va shahar fuqarolari foydalanishi uchun tashkil etilgan zamonaviy kutubxona faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining mutolaa madaniyatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Teglar
#Iqtisodiyot
Baholash