Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva başçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida taʼlim sohasida faoliyat yurituvçi qator taşkilotlar vakillari bilan uçraşuvlar bölib ötdi.
Jumladan, “EduLink” kompaniyasi direktori Xan Chong Rim bilan ötkazilgan uçraşuvda maktabgaça taʼlim sifatini oşiriş, xorijiy tillarni öqitişning innovatsion metodikalarini joriy etiš hamda pedagoglar malakasini oşiriş böyiça hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, kompaniyaning innovatsion dasturlari asosida Özbekiston boğçalarida 3,5 ming bola ingliz tilini örganmoqda, 3 mingga yaqin pedagoglarning malakasi oşirilgan.
Uçraşuvda ilğor metodikalarni “Yangi avlod” maktabgaça taʼlim muassasalarida ham joriy etiš, pedagoglarni tayyorlaş va ular uçun maxsus öquv kurslarini taşkil etiš masalalariga eʼtibor qaratildi.
Şinxan universiteti prezidenti Kan Son Çjon bilan bölib ötgan muloqot davomida Özbekistonda taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriš, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Xususan, qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, talabalar va professor-öqituvçilar almaşuvini faollaştiriş, Özbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalarini universitetning xalqaro hamkorlik tarmoğiga jalb etiš, şuningdek, qoʻşma ilmiy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil qiliş böyiça qator takliflar ilgari surildi.
Şuningdek, tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlaş, xususan, hamşiralik işi yönalişidagi hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.