Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov Tibbiyot xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda senator soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, inson salomatligini asrash, bemorlarga shifo va umid bag‘ishlash yo‘lidagi sharafli hamda mas’uliyatli mehnatini qadrlash kabi masalalarga e’tibor qaratdi.
Tibbiyot xodimlarining bilimi, tajribasi va fidoyiligi aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda jamiyat farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Ularning har kungi mehnati zamirida inson hayotiga daxldor ulkan mas’uliyat, mehr va g‘amxo‘rlik mujassam ekani qayd etildi.