Siyosat / 20-Noyabr, 18:51 21

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Turkmanistonning Avaza shahrida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkmaniston Mejlisining Raisi Dunyog‘ozel Gulmanova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida shakllangan o‘zaro ishonch va amaliy hamkorlik o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik hamda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Muloqot davomida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, shuningdek, parlament qo‘mitalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, xotin-qizlarning ilm-fan, innovatsiyalar va tadbirkorlik sohalaridagi imkoniyatlarini kengaytirish, ayol olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Teglar
#Siyosat
Baholash