Siyosat / 22-Iyul, 14:18 19

Senat qo‘mitasi va Notarial palata o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat sud-huquq sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, notariat tizimini takomillashtirish, qonunchilikni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ekspertlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, shuningdek, notarial xizmatlar sifati va ochiqligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tomonlar memorandum davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda notariat tizimining zamonaviy va samarali faoliyatini ta'minlashga xizmat qilishini alohida ta'kidladilar.

Teglar
#Siyosat
Baholash