Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Odiljon Mamatkarimov hamda qömitasi raisi örinbosari Oral Ataniyazova “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida taşkil etilgan tadbirlarda iştirok etdi.
Xususan, Oral Ataniyazova “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo innovatsiya forumi”da iştirok etib, panel muhokamasida maʼruza qildi. Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida ilm-fan, oliy taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşirish hamda ilgʻor tajribalarni almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Maʼruza davomida mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş, taʼlim sifatini oşirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar va ustuvor yönaşlar haqida maʼlumot berildi. Şuningdek, “Erasmus+” va “Horizon Europe” dasturlarining akademik almaşuvni rivojlantirish, olimlarni xalqaro ilmiy loyihalarga jalb etish va qöşma tadqiqotlarni kengaytirishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Şu bilan birga, Odiljon Mamatkarimov haftalik doirasida taşkil etilgan körgazma va tadbirlar bilan tanishdi. Unda mahalliy va xorijiy taşkilotlar, ilmiy muassasalar hamda oliy taʼlim taşkilotlari tomonidan taqdim etilgan innovatsion loyihalar, ilmiy işl anmalar va zamonaviy texnologiyalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Senator körgazma iştirokchilari, olimlar va innovatsion loyihalar mualliflari bilan muloqot qilib, istiqbolli ilmiy işl anmalarni qöllab-quvvatlaş va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish masalalarini muhokama qildi.
Tadbirlar davomida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi ilmiy-taʼlimiy aloqalarni yanada mustahkamlaş, qöşma innovatsion taşabbuslarni kengaytiriş, yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy işl anmalarning amaliy natijadorligini oşiriş muhimligi qayd etildi.