Jahon / 30-Iyul, 14:47 17

Senatda odam savdosiga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Odam savdosiga qarshi kurashishda milliy va mintaqaviy hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi


Oliy Majlis Senatida odam savdosiga qarshi kurashish sohasida milliy va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Unda ushbu transmilliy jinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.


Muloqot davomida odam savdosining oldini olish, jabrlanganlarni himoya qilish va reabilitatsiya qilish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.


Tomonlar ushbu illatga qarshi kurashishda qonunchilikni takomillashtirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va aholining huquqiy xabardorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.


Uchrashuv yakunida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va mintaqaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda bu boradagi qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Teglar
#Jahon
Baholash