Siyosat / 20-Iyul, 17:20 26

Senatorlar xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qonunlarni muhokama qildi

Oliy Majlis Senatining tegishli qo‘mitasi majlisida O‘zbekistonning xalqaro hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi bir qator qonunlar ko‘rib chiqildi.

 

Muhokamalar davomida xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish, iqtisodiy, huquqiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, davlatlararo hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Senatorlar ta’kidlashicha, mazkur qonunlar mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.

 

Majlis yakunida muhokama qilingan qonunlar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi hamda ularni amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Teglar
#Siyosat
Baholash