Jamiyat / 17-Iyul, 11:24 33

Senator nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligi bilan tanishdi

Oliy Majlis Senati a'zosi hududga tashrifi davomida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Tashrif davomida senator nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, reabilitatsiya va bandlikka ko‘maklashish yo‘nalishidagi faoliyatni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar tinglandi.

 

Ta'kidlanganidek, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Yakunda mutasaddilarga aniqlangan masalalarni hal etish va bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash