Jamiyat / 09-Noyabr, 14:00 32

O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chon Shik taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chon Shik, “Koreya – O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Kim Gyo Xin, shuningdek, qator davlat idoralari, ta’lim muassasalari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, mehnat va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash