Jahon / 26-Iyul, 20:08 16

Abduqodir Husanov “Manchester City” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi.

Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester City” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning amaldagi grand klubi — “Manchester City” bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Klubning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, yangi kelishuv futbolchini 2031-yilning yozigacha “shaharliklar” safida olib qoladi.

 Manchester City FC
22 yoshli himoyachi 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester City” safiga kelib qo‘shilgan edi.

Qisqa vaqt ichida u ishonchli o‘yinlari bilan murabbiylar shtabi va muxlislar e’tiborini qozonib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi. 


Manchester City FC + 1
Yangi shartnoma Husanovning klubdagi o‘rni va istiqboliga bo‘lgan yuksak ishonchni yana bir bor tasdiqlaydi.

 Bu voqea o‘zbek futboli uchun ham muhim yutuq bo‘lib, yosh futbolchilarga xalqaro maydonda katta marralarni zabt etish yo‘lida ilhom bag‘ishlaydi.


Abduqodir Husanov endilikda 2031-yilgacha “Manchester City” sharafini himoya qiladi va klub bilan yangi sovrinlar uchun kurashni davom ettiradi.

Teglar
#Jahon
Baholash