Jamiyat / 25-Iyul, 12:03 18

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini yanada takomillashtirish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda amaldagi alifboni zamonaviy til me’yorlariga moslashtirish, yozuv va imlo qoidalarini soddalashtirish, shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, alifboni takomillashtirish ta’lim tizimi, rasmiy hujjatlar, ommaviy axborot vositalari va axborot texnologiyalarida yagona yozuv me’yorlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Muhokamalarda mutasaddi idoralar, tilshunos olimlar va soha mutaxassislari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, taklif etilayotgan o‘zgartirishlarning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflarni umumlashtirish hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlar davlat tilining rivoji, savodxonlikni oshirish va jamiyatda yagona yozuv madaniyatini qaror toptirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash