Jamiyat / 31-Iyul, 12:42 9

Senator Aksavli Moldagaliyevna “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Tumishova Aksavli Moldagaliyevna "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak mukofot uning mamlakatimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlik muhitini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan munosib e’tirofdir.

Ushbu mukofot O‘zbekiston jamiyatida tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgan fidoyi insonlarning mehnatini qadrlashning yorqin ifodasidir.

Tumishova Aksavli Moldagaliyevnani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Teglar
#Jamiyat
Baholash