Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida bo‘lib, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahallalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, obodonlashtirish ishlari, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati hamda fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalari, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Senat Raisi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish, hududlarni rivojlantirishda davlat idoralari va mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Mazkur tashrif mahallalarda olib borilayotgan islohotlarning amaliy ijrosini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholi turmush sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta'kidlandi.