“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, respublika bo‘ylab kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati aksariyat hududlarda 36–41°C, janubiy va cho‘l hududlarida esa 42–43°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, natijada chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo harorati 38–40°C atrofida bo‘lishi, yog‘ingarchilik kuzatilmasligi kutilmoqda.
Aholiga imkon qadar quyoshning eng issiq paytlarida tashqarida uzoq vaqt bo‘lmaslik, ko‘proq suyuqlik iste'mol qilish va salomatlikni asrash tavsiya etiladi.