Jamiyat / 31-Iyul, 13:15 10

Navoiy viloyatini rivojlantirish dasturlari ijrosi Senatda muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatida Navoiy viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda dasturlar ijrosining samaradorligini oshirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida Navoiy viloyatining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli vazifalar belgilandi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash