Jamiyat / 27-Iyul, 14:34 21

Namangan viloyatida abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Oliy Majlis Senati a'zolari Namangan viloyatida oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etayotgan abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.


O‘rganish jarayonida test sinovlari o‘tkazilayotgan hududlarda xavfsizlikni ta'minlash, tibbiy xizmat, ichimlik suvi, kutish joylari, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda ota-onalar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e'tibor qaratildi.


Shuningdek, imtihon jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, videokuzatuv tizimlari hamda shaxsni identifikatsiya qilish vositalarining samarali ishlashi ko‘zdan kechirildi.


Mas'ul tashkilotlar vakillari tomonidan abituriyentlarning bilimini adolatli baholash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, test sinovlarini amaldagi tartib va talablar asosida yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.


Senatorlar tomonidan aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni davom ettirish lozimligi ta'kidlandi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash