30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida Oliy Majlis Senati a’zolari Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga tantanali gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.
Marosim davomida Vatan ravnaqi, tinchlik va osoyishtalik yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlar xotirasi yod etildi. Tadbirda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbir O‘zbekistonda turli millat va elatlar o‘rtasidagi ahillik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim an’analardan biri sifatida e’tirof etildi.
Senatorlarning ushbu marosimdagi ishtiroki mamlakatimizda tinchlik, do‘stlik va millatlararo hamjihatlik qadriyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.