Jamiyat / 27-Iyul, 19:38 20

Qirg‘iz Respublikasida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Qirg‘iz Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islohotlari va taraqqiyot strategiyasiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki davlatning davlat va jamoat arboblari, ilmiy va ijodiy ziyolilar, diplomatik korpus vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Taqdimot davomida kitobda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, inson qadri va xalq manfaatlarini ustuvor qo‘yishga qaratilgan yangilanish jarayonlari keng yoritilgani ta’kidlandi.

So‘zga chiqqanlar mazkur asar O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot yo‘lini, mamlakatda erishilayotgan natijalarni hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni xalqaro jamoatchilikka yetkazishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishini qayd etdilar.

Taqdimot doirasida kitob nusxalari Qirg‘izistonning ilmiy va ta’lim muassasalari, kutubxonalari hamda tadbir ishtirokchilariga topshirildi.

Mazkur taqdimot O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash