Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar parlament nazoratida
Mahallalarda yaratilgan huquqiy, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlarning samarasi, avvalo, hududlardagi rahbarlarning tashabbuskorligi, o‘zaro hamkorligi hamda shaxsiy mas’uliyatiga bog‘liq ekani alohida ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlariga o‘z saylov okruglaridagi "mahalla yettiligi" bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini joyiga chiqib o‘rganish hamda aholini qiynayotgan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida mahallalarni obodonlashtirish, xavfsiz va ozoda muhit yaratish hamda ushbu jarayonlarga aholini keng jalb etish ustuvor vazifalardan biri ekani qayd etildi.
Muhokama yakunida Prezident tomonidan belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, parlament hamda deputatlik nazorati samaradorligini yanada oshirish, mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlaridan to‘liq foydalanish va fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.