Jamiyat / 25-Iyul, 12:24 19

Senator Qashqadaryo viloyatida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish ishlarini o‘rgandi

Oliy Majlis Senati a’zosi Qashqadaryo viloyatida aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

 

O‘rganishlar davomida hududlarda aholini kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kasb-hunar markazlari faoliyati, o‘quv jarayonlari hamda fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar samaradorligi muhokama qilindi.

 

Muloqotlar chog‘ida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Hududlarda aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va barqaror bandlikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Yakunda senator tomonidan aniqlangan masalalarni hal etish, amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosini tizimli nazorat qilish hamda fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash